Mansur Ol Soniy: Biz O‘zbekistonga dunyoning turli burchaklaridan ko‘proq sarmoya jalb qilish niyatidamiz

Iyun 18, 2026. 11:00 • 2 daq

26
Mansur Ol Soniy: Biz O‘zbekistonga dunyoning turli burchaklaridan ko‘proq sarmoya jalb qilish niyatidamiz

TOSHKЕNT, 18-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan Qatarning “MBK Holding” investitsiya kompaniyasi asoschisi va raisi shayx Mansur bin Xalifa Ol Soniy “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida forum haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:

– Qatarning “MBK Holding” kompaniyasi asoschisi va raisiman. Biz global miqyosda ekotizimlar barpo etamiz va turli mamlakatlarga sarmoya kiritamiz.

Biz uchun haqiqatan ham muhim bo‘lgan mamlakatlardan biri – O‘zbekistondir. Biz mamlakatda yuksak darajadagi yetakchilik ostida islohotlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Shu bois, turli sohalarga sarmoya kiritish, jamg‘armalarni boshqarishni yo‘lga qo‘yish hamda dunyoning turli burchaklaridan O‘zbekistonga yanada ko‘proq sarmoya jalb qilish niyatidamiz. Bizning asosiy e’tiborimiz aynan shunga qaratilgan.

Qatar va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar o‘ziga xos va strategik ahamiyatga ega. Rahbariyatimiz O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Shuning uchun biz ham shu yo‘nalishda harakat qilishga intilmoqdamiz.

Menimcha, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rin tutadi. Mamlakat ishonch va qat’iyat asosida islohotlarni amalga oshirish salohiyatini namoyon etmoqda. Bu esa xalqaro investorlar uchun katta jozibadorlikni yuzaga keltirdi.

Infratuzilma, xususan, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va logistika sohalarida ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ushbu sohalarning barchasida ilg‘or infratuzilmaga ehtiyoj sezayotgan ko‘plab noyob iste’dodlar yetishib chiqayotganini ko‘ryapmiz. Bizning diqqat markazimizda aynan shu masalalar turibdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish