O‘zbekiston jamoasining Jahon chempionatidagi birinchi o‘yini Novosibirskdagi vatandoshlarni birlashtirdi

Iyun 18, 2026. 09:47 • 55 soniya

111
O‘zbekiston jamoasining Jahon chempionatidagi birinchi o‘yini Novosibirskdagi vatandoshlarni birlashtirdi
O‘zbekiston jamoasining Jahon chempionatidagi birinchi o‘yini Novosibirskdagi vatandoshlarni birlashtirdi

NOVOSIBIRSK, 18-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi birinchi o‘yinini jamoaviy tomosha qilishni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda Novosibirsk davlat universiteti, Sibir davlat geotizimlar va texnologiyalar universiteti, Sibir boshqaruv instituti — RANXiGS, Novosibirsk davlat konservatoriyasida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, Bosh konsulxona, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasining barcha xodimlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv ishtirokchilari yuksak ko‘tarinkilik bilan O‘zbekiston madhiyasini kuyladilar va terma jamoamizning Kolumbiya terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinini katta hayajon va qiziqish bilan kuzatib bordilar.

Vatandoshlarimiz jipslashgan har bir go‘shaga xos bo‘lgan haqiqiy bayram shukuhi va milliy birdamlik muhiti yig‘ilganlar qalbida eng yorqin va unutilmas taassurotlarni muhrladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish