Rossiyaning Irkutsk shahrida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Oktabr 19, 2026. 18:30 • 2 daq
• 166
IRKUTSK, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan kecha Irkutsk shahridagi “Nashe Otechestvo” o‘zbek milliy-madaniy markazi bilan hamkorlikda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur tadbirda Irkutsk shahrida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etdi.
Tadbir qatnashchilari o‘z chiqishlarida o‘zbek tilining boyligi va betakrorligi asrlar osha – qadimgi turkiy, eski o‘zbek va hozirgi zamon adabiy tili kabi uch asosiy bosqichda shakllanganini alohida ta’kidladilar. Bugungi kunda yuksak maqomiga ega bo‘lgan ona tilimiz zamonaviy o‘zbek adabiy tilining asoschisi Hazrat Alisher Navoiy nomi bilan chambarchas bog‘liqligi qayd etildi.
Shuningdek, buyuk bobomizning boy merosi bugun ham butun jahon madaniyati va adabiyoti uchun ulkan ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi