Logo

Nagoya shahri meri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Yanvar 28, 2026. 17:04 • 39 soniya

54
Nagoya shahri meri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

TOSHKENT, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Nagoya meriyasi Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Makio Yamada bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Yapon tomoni 2025-yilning dekabr oyida O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrifini alohida taʼkidlab, ushbu tarixiy tashrif ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish hamda yangi salohiyatli yo‘nalishlardagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga turtki berishini bildirdi.

Makkio Yamada O‘zbekiston bilan hududlararo aloqalarni rivojlantirish maqsadida Nagoya shahri meri Ichiro Xirosava boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi rejalashtirilayotganini maʼlum qildi. Shuningdek, delegatsiya tarkibidan Nagoya shahar kengashi deputatlari ham o‘rin olishi qayd etildi.

Bo‘lajak tashrif davomida tomonlar Toshkent va Nagoya shaharlari o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish