Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qozog‘iston elchisini qabul qildi

Yanvar 16, 2026. 20:38 • 29 soniya

69
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qozog‘iston elchisini qabul qildi

TOSHKENT, 16-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Qozog‘iston elchisi Beybut Atamqulovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Qozog‘iston Respublikasi elchisi Beybut Atamkulov janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va umumiy manfaatlarga asoslangan strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildik.

Tashqi ishlar vazirliklari ikki va ko‘p tomonlama kun tartibi bo‘yicha yaqindan hamkorlikni davom ettiradi”.

https://t.me/bakhtiyor_saidov/3571

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish