Kobulda diplomatlar o‘rtasida zakovat va sport bellashuvlari o‘tkazildi
Yanvar 16, 2026. 14:14 • 35 soniya
• 59
KOBUL, 16-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Afg‘onistondagi elchixonasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan vakolatxona jamoasi o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini, sportning shaxmat va og‘ir atletika turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir boshida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqi va tabrigi bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv davomida qatnashchilar yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, turli sohalarda erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar haqida fikr-mulohaza almashdi.
Bellashuvlarda hakamlar tomonidan qurʼa tashlash yo‘li bilan jamoalar guruhi aniqlanib, zakovat va shaxmat bo‘yicha o‘yinlar tashkil etildi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi