O‘zbekiston va Xitoy TIV vazirlari telefon orqali muloqotda muhim sohalardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi
Yanvar 16, 2026. 19:30 • 45 soniya
• 120
TOSHKENT, 16-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I janoblari bilan samarali telefon muloqoti o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik. Yuqori darajadagi siyosiy ishonch va barcha bosqichlardagi faol muloqotga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladik.
Muhim yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirishga alohida eʼtibor qaratdik. 2026-yilgi kun tartibi sermazmun va istiqbolli”.
“Dunyo” AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi