O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Jazoir tog‘-kon sanoati vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
Iyun 11, 2026. 23:05 • 59 soniya
• 43
TOSHKЕNT, 11-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoir tog‘-kon sanoati vaziri Murod Xanifi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Jazoir tog‘-kon sanoati vaziri Murod Xanifi janoblari bilan uchrashuvimiz davomida mineral resurslar sohasidagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Jazoir tabiiy boyliklar, geologiya-qidiruv ishlari hamda tog‘-kon sanoatini rivojlantirish bo‘yicha katta salohiyatga ega mamlakatlar hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, mazkur sohani ikki tomonlama hamkorlikning yangi o‘sish nuqtalaridan biri sifatida ko‘ramiz.
Suhbat chog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini birgalikda amalga oshirish, istiqbolli konlarni o‘zlashtirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi