Londonda “Digital Uzbekistan” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Iyun 12, 2026. 10:30 • 2 daq

Londonda “Digital Uzbekistan” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Londonda “Digital Uzbekistan” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Londonda “Digital Uzbekistan” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Londonda “Digital Uzbekistan” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Londonda “Digital Uzbekistan” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

LONDON, 12-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning IT salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish maqsadida Buyuk Britaniyada “Digital Uzbekistan” birinchi biznes-forumi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi “IT Park” bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda 70 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, Britaniyaning yetakchi texnologik kompaniyalari va tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Forum davomida “IT Park”ning yettita startaplari – “Datox”, “Moneff”, “Deepen”, “Geomotive”, “Fido Studio”, “KPI” va “Aura OS” namoyish etildi. 

Bundan tashqari, delegatsiya vakillari dunyoning eng yirik texnologiya ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan “London Tech Week 2026” da ishtirok etdi. Markaziy Osiyoga bag‘ishlangan maxsus stendda O‘zbekistonning IT kompaniyalari va startaplari o‘z mahsulot hamda xizmatlarini xalqaro auditoriya e’tiboriga havola qildi.

Tashrif doirasida B2B formatidagi bir qator uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Xususan, “Schwarz Digits” kompaniyasining IT bo‘linmasi rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralarda O‘zbekiston kompaniyalarining raqamli xizmatlar eksportini kengaytirish va xalqaro texnologik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘tkazilgan tadbirlar O‘zbekistonning mintaqaviy “IT-hub” sifatidagi mavqeini mustahkamlash, mahalliy startaplar va kompaniyalarni global bozorlarga olib chiqish, shuningdek, mamlakatning raqamli iqtisodiyot sohasidagi imkoniyatlarini kengroq taqdim etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish