O‘zbekiston va Jazoir iqtisodiy hamkorlik kun tartibini kengaytirmoqda
Iyun 11, 2026. 22:20 • 2 daq
• 55
TOSHKЕNT, 11 iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoir tashqi savdo va eksportni rivojlantirish vaziri Kamol Raziq bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Jazoir tashqi savdo va eksportni rivojlantirish vaziri Kamol Raziq janoblari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotimiz iqtisodiy hamkorlik kun tartibini yangi mazmun bilan boyitish imkonini berdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Jazoir iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldiruvchi ko‘plab ustunliklarga ega. Markaziy Osiyo va Afrika o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash nuqtayi nazaridan mamlakatlarimiz muhim o‘rin tutadi.
Uchrashuvda savdo hajmini oshirish, yangi logistika yo‘laklarini shakllantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri biznes aloqalarini rag‘batlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, Hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ishbilarmonlar kengashini tashkil etish, “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasini Al-Jazoir shahrida o‘tkazish va ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflarimizni ilgari surdik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi