O‘zbekiston va Jazoir TIV rahbarlari qator ikki tomonlama hujjatlarni imzoladi

Iyun 11, 2026. 19:30 • 2 daq

66

TOSHKЕNT, 11-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Jazoir tashqi ishlari vaziri Ahmad Attaf muzokaralar yakunlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlarni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim hujjatlarni imzoladik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Xususan, O‘zbekiston va Jazoir Hukumatlari o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. 

Shu bilan birga, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya hamda Jazoir Tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya va xalqaro munosabatlar instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladik.

Ishonchimiz komilki, bu hujjatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, diplomatik aloqalarni kengaytirish va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish