O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Noyabr 04, 2026. 21:35 • 2 daq

• 34
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

TOSHKЕNT, 4-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aksilterror boshqarmasi rahbari Aleksandr Zuyev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Vazirlikda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Aleksandr Zuyev bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.

Ikki tomonlama imzolangan “Yo‘l xaritasi”dagi vazifalarni izchil amalga oshirish, fuqarolarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tashabbuslarga alohida e’tibor qaratdik.

Mintaqaviy xavfsizlik, shuningdek, diniy bag‘rikenglik va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashdik”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish