Baxtiyor Saidov: Iordaniyaning Karak viloyatida sodir etilgan terrorchilik hujumini O‘zbekiston qat’iy qoralashini yana bir bor ta’kidladik

Oktabr 28, 2026. 11:00 • 2 daq

• 156
Baxtiyor Saidov: Iordaniyaning Karak viloyatida sodir etilgan terrorchilik hujumini O‘zbekiston qat’iy qoralashini yana bir bor ta’kidladik

TOSHKЕNT, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va muhojirlar ishlari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriantlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi bilan telefon orqali muloqot qildik”, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Iordaniyaning Karak viloyatida sodir etilgan terrorchilik hujumini O‘zbekiston qat’iy qoralashini yana bir bor ta’kidladik. Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, Iordaniya xalqiga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladik.

Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashib, mavjud muammolarni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal etish, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash muhimligini bildirdik.

Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashning yangi imkoniyatlarini muhokama qildik”.

“Dunyo” AA arxivi surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish