Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri O‘zbekistonni mustaqillikning 35-yilligi bilan tabrikladi

Avgust 30, 2026. 15:00 • 2 daq

113
Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri O‘zbekistonni mustaqillikning 35-yilligi bilan tabrikladi

ANQARA, 30-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ilhom Haydarov Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O‘zdemir Go‘ktash bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv avvalida Turkiya vaziri O‘zbekiston xalqini davlat mustaqilligining 35-yilligi bilan tabriklab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Mahinur Go‘ktash Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini va bu yo‘nalishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholashini ta’kidladi.

“Turkiy xalqlar sifatida biz umumiy tarixga egamiz, unda ayol har doim oilada va jamiyatda alohida o‘rin egallagan. Turkiya bu sohada siz bilan hamkorlik qilishdan, shuningdek, mavjud tajribamiz va yangi ishlanmalarimiz bilan o‘rtoqlashishdan mamnun bo‘ladi”, - deb ta’kidladi vazir.

Vazir Mahinur Go‘ktash, shuningdek, O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlik samarali davom etayotganini qayd etib, yaqin orada O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi davomida ushbu aloqalarga qo‘shimcha turtki berish va ularni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish niyatida ekanini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish