O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi
Avgust 29, 2026. 19:00 • 44 soniya
• 121
TOKIO, 29-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Tokioda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bo‘yicha yangi maxsus vakili Tomoaki Ishigaki bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Tomoaki Ishigaki O‘zbekiston bilan munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganini taʼkidlab, Yaponiya tomoni o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi