Parlamentlararo ittifoqning 153-Assambleyasida qonunchilikni takomillashtirish va davlat siyosatining ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi namoyon etildi

Oktabr 08, 2026. 11:00 • 2 daq

• 84

ARUSHA, 7-oktabr. /«Dunyo» AA/. Tanzaniyada bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 153-Assambleyasi doirasida o‘tkazilgan umumiy debatlar inklyuzivlik, ishonch va barcha uchun imkoniyatlar orqali samarali boshqaruvni mustahkamlash va jamiyatlar imkoniyatlarini kengaytirish mavzusiga bag‘ishlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlamentimiz yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, davlat institutlariga ishonchni mustahkamlash, fuqarolarning qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda parlamentlarning aholi hayotida aniq va ijobiy o‘zgarishlarga erishishdagi rolini kuchaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi rahbari, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva o‘z chiqishida ijtimoiy davlat tamoyillarini amalga oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy siyosatning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berdi hamda qonunchilikni takomillashtirish va davlat siyosatining ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini namoyon etdi.

Shuningdek o'qing

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston ilgari surgan tashabbuslar parlamentlarning qonun ijodkorligi va nazorat funksiyalarini aholi ehtiyojlariga yanada yaqinlashtirishga qaratilgan. Xususan, qonun loyihalarini tayyorlashda jamoatchilik va mahalliy vakillik organlari fikrini to‘laligicha inobatga olish, davlat dasturlari va budjetlarni teng imkoniyatlar nuqtayi nazaridan baholash, parlament nazoratini esa qabul qilingan qarorlarning aholi hayotidagi amaliy natijalariga yo‘naltirish takliflari bildirildi.

Debatlarda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining qabul qilingan "Ijtimoiy rivojlanishda parlamentlar rolini kuchaytirish to‘g‘risida"gi rezolyutsiyasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur hujjat parlamentlarning ijtimoiy rivojlanish, teng imkoniyatlar va inson farovonligini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilganiga urg‘u berilib, uni amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish