Toshkentda “Aquatherm Tashkent 2026” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Oktabr 08, 2026. 12:00 • 2 daq

• 74
Toshkentda “Aquatherm Tashkent 2026” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

OSTONA, 8-oktabr. /“Dunyo” AA/. Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida 11 ta davlatdan 200 dan ortiq kompaniya va brendlarni birlashtirgan “Aquatherm Tashkent 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Qozog‘istonning “INFOZAKON” nashriga tayanib.

Ekspozitsiyada isitish, ventilyatsiya, havoni tozalash va sovutish, suv ta’minoti, santexnika, havzalar, suvni tozalash hamda muhandislik infratuzilmasining boshqa yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan texnologiyalar va uskunalar namoyish etildi.

Ko‘rgazmada Belarus, Germaniya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Polsha, Rossiya, Turkiya va O‘zbekistondan kompaniyalar ishtirok etdi.

Bu yilgi yangi yo‘nalishlardan biri oqova suvlarni tozalash bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishning dasturga kiritilishi suv resurslaridan oqilona foydalanish, infratuzilmani yangilash hamda suv havzalarining ifloslanishini oldini olish va kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.

Tadbir doirasida mutaxassislarning ma’ruzalari, kasbiy mahorat tanlovlari va amaliy mahorat darslari o‘tkazildi. Ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilar ilg‘or yechimlarni taqdim etish, loyihalarni muhokama qilish hamda amaliy aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari, quruvchilari, loyihachilari hamda qurilish va kommunal sohalar vakillari uchun o‘zaro hamkorlik maydoniga aylandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish