O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi
Oktabr 07, 2026. 22:45 • 46 soniya
• 14
TOSHKЕNT, 7-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Turkmanboshi shahri aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 8-oktabr kuni Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida, 9-oktabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Tadbirlar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi