Olmaotadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston rassomlari asarlari namoyish etildi
Avgust 18, 2026. 16:00 • 2 daq
• 4
OLMAOTA, 18-avgust. /“Dunyo” AA/. Olmaota shahar muzeylari birlashmasi galereyasida “Realizmdan zamonaviy badiiy tajribalargacha” nomli xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ko‘rgazma yurtimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi, “TURKSOY” xalqaro tashkiloti, O‘zbekiston badiiy akademiyasi va Qozog‘iston rassomlar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda o‘zbekistonlik rassomlar ham o‘z ijod namunalari bilan qatnashdi.
Ekspozitsiyaga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Qo‘qon, Andijon, Jizzax, Nukus, Angren, Bekobod va O‘zbekistonning boshqa hududlaridan 40 nafar muallifning 63 ta asari kiritildi.
Ko‘rgazma O‘zbekiston zamonaviy tasviriy sanʼatining rang-barangligi – anʼanaviy realistik yo‘nalishlardan tortib, zamonaviy badiiy tajribalargacha bo‘lgan jarayonlarni aks ettirdi. Tashrif buyuruvchilarga turli janr va badiiy yo‘nalishlarda yaratilgan rangtasvir asarlari taqdim etildi.
Mazkur tashabbus ikki xalqning boy madaniy merosi va zamonaviy ijodiy salohiyatini o‘zaro namoyon etish, yangi ijodiy loyihalar uchun zamin yaratish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yana-da yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi