TIVda Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
Avgust 26, 2026. 14:30 • 2 daq
• 97
TOSHKENT, 26-avgust. /“Dunyo” AA/. Kecha TIVda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yana-da rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda hududlarning boy tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, jamoatchilikka yetarlicha tanish bo‘lmagan tarixiy obidalarni aniqlash, ularni yangi sayyohlik yo‘nalishlariga kiritish hamda Qoraqalpog‘iston va Xorazmning o‘ziga xos turistik brendini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, tarixiy va ilmiy maʼlumotlarni sayyohlar uchun qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish hamda yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida bildirilgan amaliy taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirish masalalari belgilab olindi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi