Islomobodda shifoxonadagi yong‘inda 15 nafar go‘dak halok bo‘ldi
Avgust 26, 2026. 14:00 • 2 daq
• 100
ISLOMOBOD, 26-avgust. /“Dunyo” AA/. Pokiston poytaxtidagi davlat shifoxonasida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 15 nafar go‘dak halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Geo News” telekanaliga tayanib.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 7:00 atrofida Pokiston tibbiyot fanlari instituti (PIMS) Ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo‘limining uchinchi qavatida kelib chiqqan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘inga konditsioner tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan.
Hodisa yuz bergan paytda bo‘limda 16 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lgan. Ulardan birini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lindi.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif zudlik bilan surishtiruv o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi. U fojiaga masʼul bo‘lganlar aniqlanib, javobgarlikka tortilishi shartligini taʼkidladi.
Hodisa joyi o‘rab olingan, shifoxona binosi yonida tez yordam mashinalari turibdi.
PIMS Islomoboddagi yirik davlat shifoxonalaridan biridir. Ushbu hodisa so‘nggi yillarda Pokiston shifoxonalarida yuz bergan eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lgan yong‘inlardan biri bo‘ldi.
“Reuters” agentligi surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi