Namangan va Emiliya-Romanya o‘rtasida turli investitsiyaviy kelishuvlar imzolandi

Noyabr 03, 2026. 10:00 • 3 daq

• 153

BOLONYA, 3-noyabr. /“Dunyo” AA/. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzakov boshchiligidagi delegatsiyaning Italiyaga tashrifi doirasida Emiliya-Romanya viloyati prezidenti Mikele de Paskale bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuv chog‘ida ikki hududning sanoat, to‘qimachilik va ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi. Tomonlar yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida urg‘u berilayotgani hamkorlik uchun muhim poydevor ekanini ta’kidladi.

Muloqot davomida hududlararo hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro delegatsiyalar tashriflarini tashkil etish, Namangan viloyatiga investitsiya mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Emiliya-Romanya Italiyaning rivojlangan hududlaridan biri hisoblanib, viloyat YAIM hajmi 203 milliard yevrodan ziyodni tashkil etadi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatda ikkinchi o‘rinda turadi. Bu yerda mashinasozlik, avtomobilsozlik, san’at va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. “Ferrari”, “Lamborghini”, “Ducati”, “Max Mara”, “Technogym”, “Pagani”, “Dallara”, “Barilla” kabi jahonga mashhur kompaniyalar faoliyat yuritadi.

Bolonya va Rim shaharlarida Italiyaning ishbilarmon doiralari bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida “Namangan va Italiya” hamda “Namangan va Emiliya-Romanya” biznes-forumlari tashkil etildi.

Tadbirlarda 100 dan ortiq yetakchi kompaniya vakillari ishtirok etib, ko‘plab “B2B” formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularda qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, to‘qimachilik va logistika sohalarida savdo va investitsiyaviy hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Namangan viloyati korxonalarining Italiya bozoriga chiqishi, eksport geografiyasini kengaytirish va qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.

Tashrif davomida Italiyaning yirik kompaniyalari va soha uyushmalari rahbarlari bilan ham muzokaralar o‘tkazildi. Xususan, “Vinarjia Marko”, “SMI Group”, “Gamma Meccanica” va “Bonifiche Ferraresi” kompaniyalari bilan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va intensiv bog‘dorchilik yo‘nalishlarida katta miqdordagi investitsiya va eksport shartnomalari imzolandi.

Mehnat migratsiyasi sohasida ham muhim kelishuvlarga erishildi. O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini Italiyada mavsumiy ishga jalb qilish loyihasi rasman yo‘lga qo‘yildi. Birinchi bosqichda ishlash uchun kelgan 40 nafar hamyurtlarimiz uchun dasturxon yozilib, ular bilan suhbat o‘tkazildi. Hamyurtlarimizning yashash va ish joylari ko‘zdan kechirildi.

Italiyaning “Salvi” kompaniyasi bilan o‘zbekistonlik fuqarolarni qishloq xo‘jaligi sohasida ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilinib, kelgusi yillarda qo‘shimcha ming nafar fuqaroni ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shu bilan birga, Hududlar va avtonomiyalar vazirligi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ularda hamkorlikda bog‘larni yangilash, tomchilatib sug‘orish, akvakultura va fermerlik bo‘yicha grant loyihalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston–Italiya iqtisodiy aloqalarini kengaytirish hamda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirishning navbatdagi bosqichiga aylandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish