Avstriyaning nufuzli nashrida O‘zbekiston haqida viktorina e’lon qilindi
Noyabr 03, 2026. 09:00 • 1 daq
• 146
VЕNA, 3-noyabr. /“Dunyo” AA/. Avstriyaning nufuzli “Der Standard” nashrida O‘zbekiston, Tojikiston va Serbiyaga bag‘ishlangan ma’rifiy viktorina e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muallif Shtefan Pletser ushbu rukn doirasida o‘quvchilarga uch mamlakat tarixi, siyosiy o‘zgarishlari va madaniy xususiyatlariga oid 10 ta savol taqdim etgan.
Viktorina “EurAsian Transformations” ilmiy-tadqiqot klasteri doirasida tayyorlangan bo‘lib, Yevroosiyo mintaqasining tarixi va madaniy xilma-xilligini keng jamoatchilikka qiziqarli shaklda tanitishga qaratilgan.
Savollar orasida tarixiy poytaxtlar, siyosiy jarayonlar va musiqa festivallariga oid mavzular o‘rin olgan. Bu o‘quvchilarga o‘z bilimlarini sinab ko‘rish, O‘zbekiston va mintaqa tarixi haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi.
O‘zbekistonning ushbu xalqaro ma’rifiy loyihaga kiritilishi Yevropa jamoatchiligining Markaziy Osiyo tarixi va madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi