O‘mon tajribasi asosida O‘zbekistonda transformatorlar ishlab chiqarish istiqbollari o‘rganildi

Noyabr 02, 2026. 15:30 • 2 daq

• 143
O‘mon tajribasi asosida O‘zbekistonda transformatorlar ishlab chiqarish istiqbollari o‘rganildi

MASKAT, 2-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va O‘mon yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda asosiy butlovchi qismlarni O‘zbekiston hududida mahalliylashtirish istiqbollarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar O‘zbekiston delegatsiyasining O‘monga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda mahalliy korxonalar vakillari Sohar shahridagi “Voltamp Power SAOC” zavodida bo‘ldi.

Agentlik direktori Baxtiyor Haydarov va “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi delegatsiya yuqori kuchlanishli transformatorlarni ishlab chiqarish texnologiyalari, sifat nazorati tizimi hamda butlovchi qismlarni mahalliylashtirish bo‘yicha kompaniya tajribasi bilan tanishdi.

Korxonaga tashrif davomida “Voltamp Energy” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sayyid Aymen bin Hamad al-Busaydiy va bosh direktori Muhammad Ajmal Basha bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Tomonlar “Nura Group” kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va asosiy butlovchi qismlarni mahalliylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Ushbu tashabbuslar O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda mamlakatimiz elektrotexnika tarmog‘ini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish