Nana Balle: “Atlas bayrami” kutilgandan-da ajoyib o‘tdi
Sentabr 23, 2026. 14:00 • 2 daq
• 99KOPЕNGAGЕN, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. Marg‘ilon shahrida “Atlas bayrami” VII Xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu madaniy tadbirda turli mamlakatlardan mohir ustalar, dizaynerlar, to‘qimachilik sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar, jurnalistlar va madaniyat vakillari ishtirok etdi.
Festival mehmonlari orasida daniyalik taniqli jurnalist Nana Balle ham bor edi. U tadbir davomida olgan taassurotlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida foto va videolavhalar orqali keng yoritdi.
Jurnalistning ta’kidlashicha, festival kutilganidan-da qiziqarli va taassurotlarga boy o‘tgan.
“Farg‘onadagi moda namoyishlarini kuzatish, mahalliy bozorlarni aylanish, shahar muhitini his qilish va hunarmandchilik buyumlari bilan tanishish menda katta qiziqish uyg‘otdi”, – deydi Nana Balle.
Uning qayd etishicha, safar davomida tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi, xalq sayillari, hunarmandchilik yarmarkasi, xalqaro konferensiya hamda an’anaviy hunarmandchilik yo‘nalishidagi mahorat darslari unda katta taassurot qoldirgan.
Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida asrlar davomida shakllangan to‘qimachilik va hunarmandchilik an’analari, milliy matolarning o‘ziga xosligi hamda zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashuvi jurnalistning e’tiborini tortgan.
Nana Balle festival davomida ko‘rgan-kechirganlari asosida maxsus material tayyorlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
“Festivalda ko‘rgan-kechirganlarim haqida material tayyorlashni rejalashtirayapman. Unda O‘zbekistonning boy hunarmandchilik va dizayn an’analari keng yoritiladi. Bu mavzu o‘quvchilarda ham katta qiziqish uyg‘otadi, deb o‘ylayman”, – dedi u.
“Atlas bayrami” nafaqat milliy to‘qimachilik an’analarini targ‘ib etish, balki O‘zbekistonning boy madaniy merosi va zamonaviy dizayn imkoniyatlarini xalqaro jamoatchilikka namoyish etish uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



