“Nezavisimaya gazeta”: O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda

Sentabr 22, 2026. 15:30 • 2 daq

205
“Nezavisimaya gazeta”: O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda

MOSKVA, 22-sentabr. /“Dunyo” AA/. Rossiya kundalik “Nezavisimaya gazeta”sida Rossiya Fanlar akademiyasining Ye.M.Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti direktori o‘rinbosari Sergey Afonsevning “O‘zbekiston Respublikasidagi Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi: ikki tomonlama hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar” sarlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Nashrda qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2027-yilda kuchga kiradigan “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi sohani rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Markaz rezidentlari uchun soliq imtiyozlari, shuningdek, o‘z tijorat sudiga ega bo‘lgan ingliz huquqi asosidagi alohida huquqiy rejim nazarda tutilgan. 

Muallif Rossiya kompaniyalarining Markaz faoliyatidagi ishtiroki istiqbollarini ko‘rib chiqib, ularning Markaziy Osiyodagi mavqeini mustahkamlash va xalqaro bozorlarga chiqish uchun sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlarini ta’kidlaydi. 

Maqolada, shuningdek, O‘zbekistonda “Yandeks”, “Bitriks”, “Wildberries” va “Kasperskiy laboratoriyasi” kabi Rossiya raqamli kompaniyalari faoliyat yuritayotgani eslatib o‘tilgan. 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni raqamlashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Rossiya va O‘zbekiston biznesi uchun zarur bo‘lgan ishonchli ma’lumotlarni olish va hamkorlarni topshirishda “Interfaks” operatori ishtirokidagi “Yevraziya Konnekt” loyihasining salohiyati qayd etiladi. 

Xulosa o‘rnida muallif O‘zbekiston iqtisodiyotining bundan buyon ham o‘sishi va raqamli texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikning kengayishi istiqbollarini alohida ta’kidlaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish