“Nasaf” safarda superkambek bilan g‘alaba qozondi

Noyabr 05, 2026. 12:30 • 2 daq

• 141
“Nasaf” safarda superkambek bilan g‘alaba qozondi
“Nasaf” safarda superkambek bilan g‘alaba qozondi
“Nasaf” safarda superkambek bilan g‘alaba qozondi
“Nasaf” safarda superkambek bilan g‘alaba qozondi
“Nasaf” safarda superkambek bilan g‘alaba qozondi

AL-KUVAYT, 5-noyabr. /“Dunyo” AA/. Osiyo Chempionlar ligasi-2 musobaqasi guruh bosqichining 4-turida Qarshining “Nasaf” jamoasi safarda Quvaytning “Kuvayt SK” klubini superkambek bilan 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Nasaf” ikki kun avval Al-Kuvayt shahrida muxlislar bilan uchrashuvda ushbu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilayotgani va revansh uchun bor kuchini sarflashini ta’kidlagandi. Ular o‘z so‘zining ustidan chiqishdi.

O‘yin mezbonlar uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Birinchi bo‘limning 27-daqiqasida Yasin Henisi hamda 34-daqiqada Muhammad Freax “Nasaf” darvozasiga gol urib, o‘z jamoasining yaqqol ustunligini ta’minladi.

Biroq ikkinchi bo‘limda “Nasaf” tashabbusni qo‘lga oldi. Bobur Abduxoliqov 57 va 67-daqiqalarda dubl qayd etib, hisobni tenglashtirdi. 81-daqiqada Oybek Rustamov g‘alaba golini kiritib, qarshiliklarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Turning ikkinchi bahsida “Al-Xolidiya” safarda “Al-Vahda”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Natijada “Al-Vahda” 9 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi. “Kuvayt SK” 6 ochko bilan ikkinchi, “Nasaf” va “Al-Xolidiya” esa 4 ochkodan jamg‘argan.

“Nasaf” guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvini 25-noyabr kuni Qarshida “Al-Xolidiya”ga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish