Parasportchilarimizdan navbatdagi g‘alabalar, hozircha 140 ta medal qo‘lga kiritildi

Oktabr 23, 2026. 17:00 • 2 daq

• 312

AYCHI–NAGOYA, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. V yozgi Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari turli sport turlarida munosib natijalarni qayd etib, medallar jamg‘armasini tobora boyitmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Para yengil atletika bo‘yicha Karomat Omonova yadro uloqtirishda 13,16 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo rekordini o‘rnatdi. Husniya Olimjonova uzunlikka sakrashda 5,46 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘lib, musobaqa rekordini yangiladi. Yoqutxon Xolbekova ushbu yo‘nalishda kumush, Shahinaxon Yigitaliyeva esa yadro uloqtirishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Asila Mirzayorova uzunlikka sakrashda 5,04 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Paraosiyo o‘yinlari rekordini yangiladi. U musobaqalar davomida jami uchta – oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shahrizoda Temirova mazkur bahslarda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Disk uloqtirishda Madina Muxtorova va Navro‘za Ahmadova oltin, Kubaro Hakimova kumush hamda Farog‘at Muhammadqulova bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Navro‘za Ahmadova Osiyo rekordini ham yangiladi.

Para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S-13 klassida 200 metrga kompleks usulda suzish bahsida Yegor Bolotov 2:12.97 natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo rekordini o‘rnatdi. Dmitriy Xorlin esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Para velosport bahslarida shosse yo‘nalishining C4-5 klassi bo‘yicha guruh poygasida Azimbek Abdullayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida 86 kilogramm vazn toifasida Orzigul O‘rolova 136 kilogramm natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ro‘za Qo‘ziyeva, Ruxshona O‘ktamova va Qudratoy Toshpo‘latovadan iborat O‘zbekiston jamoasi jamoaviy bahslarda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yadro uloqtirishda Muhammad Rixsimov ham bronza medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni hozircha 43 ta oltin, 47 ta kumush va 50 ta bronza, jami 140 taga yetdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish