O‘zbekiston uzumi va qovunlarining yangi navlari Buyuk Britaniya bozoriga yetkazib berildi

Sentabr 09, 2026. 10:00 • 52 soniya

19
O‘zbekiston uzumi va qovunlarining yangi navlari Buyuk Britaniya bozoriga yetkazib berildi
O‘zbekiston uzumi va qovunlarining yangi navlari Buyuk Britaniya bozoriga yetkazib berildi
O‘zbekiston uzumi va qovunlarining yangi navlari Buyuk Britaniya bozoriga yetkazib berildi

LONDON, 9-sentabr. /“Dunyo” AA/. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish doirasida O‘zbekiston uzumi va qovunlarining yangi turlari Buyuk Britaniyaga yetkazib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Londondagi Elchixonasi ko‘magida Britaniyaning “Capital Foodservice” kompaniyasi tomonidan “Kelin barmoq” navli uzum hamda “Torpeda”, “Ko‘kcha” va “Obi novvot” qovunlari import qilinmoqda.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining muntazam qatnovlari orqali manzilga yetkazilmoqda. Ushbu jarayon mavsum yakuniga qadar izchil davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur hamkorlik Britaniya bozorida milliy meva-sabzavotlarimizga bo‘lgan talabni oshirish va o‘zbek mahsulotlarining nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish