Ar-Riyozda o‘zbek miniatyura sanʼati ko‘rgazmasi ochildi
Sentabr 09, 2026. 08:55 • 2 daq
• 13AR-RIYOZ, 9-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistoni poytaxtida O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Miniatyura sanʼati: Buxorodan Arabiston yarim oroligacha. Muqaddas qadamjolar yo‘lidagi tarix” nomli madaniy kecha va ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir O‘zbekiston elchixonasi tomonidan tashkil etildi. Unda diplomatik korpus, davlat idoralari, ommaviy axborot vositalari vakillari, madaniyat va sanʼat arboblari ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada o‘zbek ustalarining 35 ta ijodiy ishi namoyish etilib, ular tashrif buyuruvchilarni O‘zbekiston miniatyura rangtasviri tarixi, badiiy xususiyatlari va anʼanalari bilan tanishtiradi.
O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlash va o‘zbek-saudiya madaniy-gumanitar aloqalarini rivojlantirishda madaniyatning o‘rnini taʼkidladi.
“AlMashtal” kreativ markazi rahbari, malaka Nura bint Saud bin Naif Al Saud O‘zbekistonni mustaqillikning 35 yilligi bilan tabriklab, miniatyura sanʼatini islom badiiy merosining bir qismi sifatida saqlab qolish ahamiyatini alohida qayd etdi.
Tadbir doirasida taʼlim va sanʼat sohasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi. Saudiya universitetlari vakillari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan akademik almashinuvlar, qo‘shma tadqiqotlar va kasbiy aloqalarni o‘z ichiga olgan sheriklikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilar uchun ikki kun davomida ochiq bo‘ladi. Shuningdek, o‘zbek mutaxassislari rahbarligida 35 nafar saudiyalik havaskor rassomlar va yosh ustalar uchun amaliy mahorat saboqlari o‘tkaziladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


