BAA tashqi savdo vaziri V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif etildi
May 06, 2026. 10:25 • 50 soniya
• 142
ABU-DABI, 6-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev BAA tashqi savdo vaziri Tani Al Zeyoudi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining barqaror o‘sib borayotgani taʼkidlandi. Xususan, 2025-yilda mazkur ko‘rsatkich 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Suhbat davomida Keng qamrovli iqtisodiy shartnoma (CEPA) bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirish, kelishuvni yakunlash va imzolashga tayyorlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
BAA tomoni 2026-yil 16–19-iyun kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi