O‘zbekiston va Shotlandiya o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi

Noyabr 22, 2026. 10:00 • 2 daq

• 17

EDINBURG, 22-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi delegatsiyasining Shotlandiyaga xizmat safari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Safardan maqsad ta’lim, investitsiya, savdo-iqtisodiy hamkorlik va mehnat migratsiyasi sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif doirasida Shotlandiyaning yetakchi universitetlari, investitsiya kompaniyalari va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Glazgo va Edinburg universitetlari rahbariyati bilan muzokaralarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, ikki tomonlama diplom loyihalari, talabalar almashinuvi va ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Tibbiyot, muhandislik, sun’iy intellekt, veterinariya va fintex hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Edinburg universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning ta’lim olishi va mavjud imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Investitsiya sohasidagi muzokaralar ham muhim ahamiyat kasb etdi. “Baillie Gifford” kompaniyasi rahbari Tim Kempbell bilan uchrashuvda O‘zbekistonning xalqaro moliya bozorlaridagi faoliyati va istiqbolli investitsiya loyihalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Kompaniya mamlakatimizdagi kelgusi investitsiya jarayonlarida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

“Wood Mackenzie” kompaniyasi raisi Saymon Flauers bilan energetika va strategik minerallar sohasida hamkorlik qilish, bozor tahlillari va konsalting xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Safarning yana bir muhim yo‘nalishi Shotlandiyada mehnat qilayotgan vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi. Shotlandiya hukumati va “Worker Support Centre” tashkiloti vakillari bilan uchrashuvda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kelishuvga muvofiq, ushbu tashkilotlar va O‘zbekiston elchixonasi o‘rtasida doimiy muloqot yo‘lga qo‘yiladi. Vatandoshlarimizning mehnat huquqlari va ijtimoiy himoya mexanizmlari haqida o‘zbek tilidagi axborot qo‘llanmalarini tarqatish rejalashtirildi.

Delegatsiya vakillari Edinburg shahrida “Sovereign AI Power Index” xalqaro indeksining taqdimotida ham ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida mamlakatimizning sun’iy intellekt sohasidagi salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Shotlandiyaga xizmat safari ta’lim, investitsiya, zamonaviy texnologiyalar va mehnat migratsiyasi sohalarida O‘zbekiston uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini ochdi. Erishilgan kelishuvlar ushbu yo‘nalishlarda amaliy aloqalarni kengaytirish va xorijdagi vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish