Logo

Oqtovda mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Fevral 12, 2026. 15:45 • 42 soniya

2
Oqtovda mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

OQTOV, 12-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari tomonidan Qozog‘istonda vaqtincha ishlayotgan yurtimiz fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot jarayonida hamyurtlarning yashash sharoiti o‘rganildi, ularga konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Vatandoshlarga hozirgi kunda O‘zbekistonda mehnat muhojirlarini kasb-hunarga o‘rgatish, maoshi baland rivojlangan davlatlarga tartibli yuborish mexanizmlari haqida so‘z yuritildi.

Shu bilan birga, konsullik-huquqiy xizmatlardan foydalanish tartibi, mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

Xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va madaniy qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsiz mehnat migratsiyasini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu sohada qabul qilingan qaror va farmonlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Uchrashuv so‘nggida, vatandoshlarga turli tartibsizliklarda ishtirok etmaslik, diniy ekstremistik g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmaslik, narkotik moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan uzoqroq yurish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish