Hamyurtlarning muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi
Yanvar 21, 2026. 14:41 • 58 soniya
• 240YEKATERINBURG, 25 yanvar. /“Dunyo” AA/. Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi xodimlarining Rossiya IIVning Yekaterinburg shahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markaziga xizmat safari amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xizmat tashrifi davomida markaz rahbari o‘rinbosari Aleksey Rudenko bilan suhbat o‘tkazildi. Undan vatandoshlarimiz bilan bog‘liq maʼlumotlar olindi. Maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi oylarda o‘tkazilgan “Nolegal” reyd tadbirlari natijasida hozirgi vaqtda jami 48 nafar fuqarolarimiz markazga olib kelingan.
Muassasada vaqtinchalik saqlanib kelinayotgan fuqarolar bilan muloqotda Rossiya migratsiya qonunchiligi buzilgani bois maʼmuriy javobgarlikka tortilib, undan so‘ng sud qarori asosida chiqarib yuborilishi bilan bog‘liq jarayon konsulxona xodimlari tomonidan batafsil tushuntirib o‘tildi.
Fuqarolarimizning aksariyati mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beruvchi - patentning muddati o‘tib ketgani bois, mazkur muassasaga joylashtirilganini va imkon qadar tezroq Vatanga qaytishida yordam berishni so‘rashgan. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli maʼlumotlar berildi.
Bundan tashqari, aksariyat fuqarolarimizda aviachipta xarid qilish bilan bog‘liq muammoli holatlari uchrayotgani maʼlum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan fuqarolarga aviachipta xarid qilish va tartibi yuzasidan aniq maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, hamyurtlarimizning mavjud muammo va kamchiliklari tinglandi hamda ularga yechim topish maqsadida murojaatlar tegishli tashkilotlarga yetkazildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


