Logo

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISROIL DAVLATIDAGI ELCHIXONASI RASMIY BAYONOTI

Mart 05, 2026. 16:38 • 2 daq

39
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISROIL DAVLATIDAGI ELCHIXONASI RASMIY BAYONOTI

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining ishtirokidagi holat yuzasidan turli xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

2026-yil 28-fevral kuni Oʻzbekiston fuqarosi N.X. raketa hujumi va sirenalar yangragan paytda “TikTok” ijtimoiy tarmogʻida video joylashtirgan. Ushbu videoda aytilgan nojoiz soʻzlar aks etgan boʻlib, videotasvirlar keyinchalik Isroil ijtimoiy tarmoqlar segmentida ham keng tarqalgan va mahalliy jamoatchilik orasida katta norozilikka sabab boʻlgan.

Shundan soʻng Isroil fuqarosi A.X. mazkur holat yuzasidan politsiya organlariga murojaat qilgan.

Vaziyatdan xabardor boʻlishi bilanoq Elchixonaning Konsullik boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston fuqarosi N.X. bilan tezkor tarzda bogʻlanilib, u bilan tegishli suhbat oʻtkazildi. Shuningdek, Isroil fuqarosi A.X. bilan ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Ayni paytda Oʻzbekiston fuqarosi N.X. xavfsiz sharoitda boʻlib va mazkur masala Elchixonaning Konsullik boʻlimi nazoratida turibdi.

Shu munosabat bilan, Isroil Davlatida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan quyidagilarni soʻrab qolamiz:

- mahalliy qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish;

- oʻz xatti-harakatlarida ehtiyotkor boʻlish hamda turli provokatsiyalardan tiyilish;

- raketa hujumlari paytida Isroil Front orti qoʻmondonligi tomonidan beriladigan barcha xavfsizlik tavsiyalarini soʻzsiz bajarish.

Oʻzbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasi

Default Avatar

Material muallifi

Shahzoda Kuchkarova

shahzoda@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish