Logo

Pokiston OAV: O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Guinness World Records” tomonidan ham tan olindi

Aprel 18, 2026. 19:30 • 2 daq

99
Pokiston OAV: O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Guinness World Records” tomonidan ham tan olindi
Pokiston OAV: O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Guinness World Records” tomonidan ham tan olindi

ISLOMOBOD, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “The Diplomatic Insight” jurnali, “Infora News” va “The Gulf Observer” O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Guinness World Records” tomonidan Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani haqida maqolalarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Tantanali taqdirlash marosimi “Guinness World Records” rasmiy vakili va hakami – Sheyda Subashi ishtirok etib, Markaz barcha xalqaro standartlarga to‘liq javob berishini tasdiqladi. Mukofot Markaz Ilmiy kengashi a’zolariga topshirildi”, – deyilgan nashrlarda.

“Guinness World Records rasmiy vakili sifatida shuni aytishim mumkinki, muzeyning har bir burchagi va taqdim etilgan har bir eksponat o‘ziga xos noyoblikka hamda madaniy qiymatga ega. Ushbu majmuani barpo etish ortida yillar davomida olib borilgan keng ko‘lamli va mashaqqatli mehnat yotganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Muzeyga tashrif buyurish meni juda hayratda qoldirdi — bu haqiqatan ham chuqur va mazmunli tajriba bo‘ldi. Bu ulkan sa’y-harakatlar va yuksak professionallik natijasi bo‘lgan ulkan yutuqdir. Guinness World Records tili bilan aytganda, bu — haqiqatan ham hayratlanarli”, – deya Sheyda Subashi so‘zlaridan iqtibos keltirilgan nashrlarda.

Pokiston OAV yozganidek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mualliflik megaloyihasi sifatida hayotga tadbiq etilgan ulkan ilmiy-ma’rifiy va muzey majmuasidir. Loyiha 2017 yilda boshlangan bo‘lib, 2026 yil 17 martda yakuniga yetdi.

Ta’kidlanganidek, Markaz ilmiy salohiyat, madaniy meros va zamonaviy texnologiyalarni yagona makonda birlashtirgan Yangi O‘zbekistonning noyob madaniy-ma’rifiy platformasi sifatida qad rostladi. Loyiha Davlat rahbarining milliy o‘zlikni anglashni mustahkamlash hamda O‘zbekistonni jahon maydonida Islom sivilizatsiyasining asosiy markazlaridan biri sifatida targ‘ib qilish borasidagi strategik qarashlarini aks ettiradi.

“O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Guinness World Records” maqomining olinishi O‘zbekistonning Islom fani, madaniyati va ma’rifatining muhim turistik va tarixiy markazlaridan biri sifatidagi rolini mustahkamlaydi”, – deb yozgan Pokiston OAV.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish