O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Tanzaniyada bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 153-assambleyasida ishtirok etmoqda
Oktabr 06, 2026. 12:30 • 2 daq
• 62
ARUSHA, 6-oktabr. /«Dunyo» AA/. Joriy yilning 5-oktabr kuni Tanzaniyaning Arusha shahrida Parlamentlararo ittifoq (PI)ning 153-Assambleyasi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlamentimiz yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, Tanzaniya Milliy assambleyasi mezbonligida tashkil etilgan nufuzli tadbirda dunyoning 180 dan ziyod mamlakatlaridan 2 mingdan ortiq parlamentlarning spikerlari, deputatlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Assambleya ishida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi ham qatnashmoqda.
Tadbirning bosh mavzusi – “Inklyuzivlik, ishonch va barcha uchun imkoniyatlar orqali samarali boshqaruvni takomillashtirish hamda jamiyatlar imkoniyatlarini kengaytirish”.
Assambleya va yalpi majlislar doirasida inklyuziv ijtimoiy rivojlanish, inson huquqlarini ta’minlash, sun’iy intellektdan foydalanish, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish hamda terrorizmga qarshi kurashish kabi global va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Assambleya doirasida Parlamentlararo ittifoqning yangi prezidentini saylash ham nazarda tutilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi