Germaniyaning Tyuringiya federal o‘lkasi delegatsiyasi Farg‘onaga tashrif buyurdi

Oktabr 06, 2026. 12:00 • 2 daq

• 23
Germaniyaning Tyuringiya federal o‘lkasi delegatsiyasi Farg‘onaga tashrif buyurdi

FARG‘ONA, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning Tyuringiya federal o‘lkasi iqtisodiy rivojlanish agentligi “Landesentwicklungsgesellschaft Thringen mbH” qoshidagi xalqaro aloqalar tashkilotining loyiha rahbari Tyuringiya federal o‘lkasidan tashrif buyurgan Irina Xess boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati va Tyuringiya federal o‘lkasi o‘rtasida shakllangan hamkorlikning bugungi holati, uni yangi amaliy mazmun bilan boyitish hamda iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar so‘nggi yillardagi muntazam tashriflar, hududlar, kompaniyalar va ishbilarmon doiralar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan bevosita muloqotlar ikki tomonlama munosabatlarning amaliy asoslarini mustahkamlayotganini alohida qayd etdi. 

Bunday aloqalar nafaqat yangi biznes imkoniyatlarini ochish, balki o‘zaro tajriba almashish va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini shakllantirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Muzokaralar chog‘ida istiqbolli sohalarda hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, Farg‘ona viloyati korxonalari bilan Tyuringiya kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Nemis delegatsiyasi viloyatning iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik imkoniyatlariga yuqori qiziqish bildirib, hudud bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ma’lum qildi. 

Shu munosabat bilan kelgusida Tyuringiya delegatsiyasining Farg‘ona viloyatiga tashrifini tashkil etish, mahalliy tadbirkorlar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazish va o‘zaro manfaatli yangi qo‘shma loyihalarni shakllantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro tashriflarni faollashtirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni kengaytirish, mavjud aloqalarni yangi tashabbus va loyihalar bilan boyitish hamda viloyat va federal o‘lka o‘rtasidagi hamkorlikni aniq amaliy natijalarga yo‘naltirish bo‘yicha kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish