Logo

Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova O'zbekiston terma jamoasi hisobiga ilk oltin medalni keltirdi

Iyul 28, 2024. 21:55 • 53 soniya

584
Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova O'zbekiston terma jamoasi hisobiga ilk oltin medalni keltirdi

PARIJ, 28-iyul. /"Dunyo" AA/. Bugun XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari doirasida jamoamiz uchun to'rt yillikning asosiy turniri boshlanganidan beri eng muhim voqea yuz berdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri voqea joyidan.

Taniqli dzyudochimiz Diyora Keldiyorova (-52 kg) finalda -48 kg vazn toifasida Tokioda bo'lib o'tgan Olimpiadada chempion bo'lgan kosovolik sportchi Distria Krasnikini mag'lubiyatga uchratdi.

Hamyurtimiz final yo'lida sayyoramizning eng kuchli sportchilari – 1/8 finalda yaponiyalik amaldagi Olimpiada chempioni Uta Abeni (10:1), chorak finalda germaniyalik Masha Ballxausni (10:0), yarim finalda esa Amandin Busharni (Fransiya) dog'da qoldirdi.

Finalda Diyora Keldiyorova yorqin g'alabaga erishdi.

Endilikda 52 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etayotgan Diyora Keldiyorova nafaqat XXXI yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, jahon chempionatlari va harbiylar o'rtasida Jahon chempionati sovrindori, dzyudo bo'yicha "Katta dubulg'a" turniri g'olibi bo'lgan birinchi o'zbek qizi, balki 2024-yilgi XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarining oltin medali sohibasi hamdir.

Shuningdek, 16 yil deganda o'zbekistonlik ayol sportchi yana Olimp shohsupasiga ko'tarildi.

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish