BAAdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun platforma yaratiladi
Iyun 12, 2026. 13:00 • 52 soniya
• 192
ABU-DABI, 12-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat yuritayotgan vatandoshlar – yirik kompaniyalar ta’sischilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat davomida mamlakatdagi o‘zbek diasporasi vakillari ishtirokida o‘zaro hamkorlik platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.
Mazkur platforma vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, amaliy masalalarni hal etishda yordam berishi, yangi kelgan fuqarolarni mahalliy qonun-qoidalar bilan tanishtirishi, huquqiy va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilarining takliflari ko‘rib chiqilib, ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari muhokama qilindi.
Bunday muloqot maydonchalari vatandoshlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda O‘zbekistonning xorijdagi ijobiy qiyofasini ilgari surishga xizmat qilishi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi