O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ko‘rfaz arab davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Mart 03, 2026. 20:34 • 30 soniya
• 23
TOSHKENT, 3-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Qatar, Ummon, Saudiya Arabistoni, BAA va Quvayt diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV xabariga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston bilan Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni rivojlantirish, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
