Logo

Sankt-Peterburgda Amir Temurning 690 yilligi nishonlandi

Aprel 14, 2026. 12:25 • 2 daq

93
Sankt-Peterburgda Amir Temurning 690 yilligi nishonlandi
Sankt-Peterburgda Amir Temurning 690 yilligi nishonlandi
Sankt-Peterburgda Amir Temurning 690 yilligi nishonlandi

SANKT-PETERBURG, 14-aprel. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburg shahridagi Millatlar uyida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda shahar hokimiyati vakillari, akademik va ishbilarmon doiralar namoyandalari, sharqshunos olimlar, milliy-madaniy birlashmalar va jamoat tashkilotlari rahbarlari, oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bosh konsuli Abdurahmon Mahmudov so‘z yuritib, Amir Temurning Markaziy Osiyo davlatchiligi shakllanishidagi tarixiy o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Taʼkidlanganidek, Sohibqiron merosi umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lib, uning davlat boshqaruvi, harbiy sanʼat, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi keyingi avlodlar uchun mustahkam sivilizatsion poydevor yaratgan.

Ishtirokchilar Amir Temur shaxsining tarbiyaviy ahamiyatiga alohida urg‘u berdi. Uning hayoti va faoliyati yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim namuna bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

Sankt-Peterburg Millatlar uyi direktori Igor Jukov bunday tadbirlar turli xalqlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va Sohibqironning tarixiy merosni keng o‘rganish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Uchrashuv davomida Aleksandr Fetisov rejissyorligida suratga olingan “Temur qabri sirlari. Tamerlan laʼnati” nomli hujjatli film namoyish etildi. Film tarixiy voqealarni vizual jihatdan chuqurroq anglash imkonini berdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish