O‘zbekiston elchisi Belarus tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi
Avgust 05, 2026. 20:30 • 50 soniya
• 51
MINSK, 5-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Nuriddin Mamajonov Belarus tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Utyupin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zbek-belarus kun tartibining dolzarb masalalarini, jumladan, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Muloqotda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 8–9-iyul kunlari Belarusga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, tomonlar bo‘lajak o‘zaro tashriflar jadvali va qo‘shma tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston-Belarus munosabatlarining anʼanaviy ochiq va ishonchli xususiyatini tasdiqlagan holda, tomonlar barcha darajalardagi konstruktiv hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi