Vatandoshlar Budapesht markaziy ko‘chalarida maxsus aksiya o‘tkazishdi
Dekabr 03, 2025. 19:42 • 58 soniya
• 352
BUDAPESHT, 4 dekabr. /“Dunyo” AA/. Budapeshtdagi vatandoshlar ko‘magida O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu tadbir Budapeshtning markaziy turistik ko‘chalarida bo‘lib o‘tdi. Aksiya doirasida vatandoshlar mahalliy aholi va xorijlik mehmonlar o‘rtasida “O‘zbekiston haqida bilasizmi?” nomli ekspress-so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovda faol qatnashganlarga o‘zbek brendi ifodalangan turli sovg‘a va suvenirlar taqdim etildi.
Aksiya ishtirokchilari sovg‘a yorliqlarida joylashtirilgan QR-kod orqali O‘zbekiston haqidagi maxsus videorolik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mazkur 90 soniyalik professional videorolikda Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent hamda tog‘li va ekoturistik yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan asosiy turistik yo‘nalishlar bo‘yicha to‘liq maʼlumot shakllantirildi.
O‘tkazilgan tadbir Yevropada O‘zbekistonning jozibador va xavfsiz turistik yo‘nalish sifatidagi o‘rnini sezilarli oshirib, ijobiy imijini rivojlantirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi