O‘monlik tadbirkorlar O‘zbekistonning investitsiya va eksport salohiyati bilan tanishdi

Iyul 15, 2026. 13:00 • 2 daq

18

TOSHKENT, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘mon Savdo-sanoat palatasi direktorlar kengashi aʼzolari va yirik biznes vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga xizmat safari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida hududlararo savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning Ko‘rfaz mamlakatlariga eksportini oshirish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.

O‘mon delegatsiyasi Samarqandda viloyat Savdo-sanoat palatasi rahbariyati hamda mahalliy tadbirkorlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Ular hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

Uchrashuvlarda sanoat, infratuzilma, turizm, oziq-ovqat xavfsizligi va boshqa ustuvor sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Biznes-missiya dasturi Toshkent shahrida davom ettirilib, delegatsiya aʼzolari O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, shuningdek, yetakchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Muzokaralarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va amaliy kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlikni yana-da faollashtirishga kelishib olindi.

Mazkur biznes-missiyaning muvaffaqiyatli tashkil etilishi ikki davlat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududlararo aloqalarni kengaytirish, milliy mahsulotlarimiz uchun Ko‘rfaz arab davlatlari bozorida yangi eksport yo‘nalishlarini ochishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish