“Ambasador” jurnali: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatning xorijiy investorlar uchun ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda

Iyul 15, 2026. 12:30 • 2 daq

85
“Ambasador” jurnali: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatning xorijiy investorlar uchun ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda

VARSHAVA, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. Polshaning “Ambasador” jurnalida O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov intervyu eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida Eldor Tulyakov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar hamda xorijiy hamkorlar bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari haqida so‘z yuritdi.

Intervyuda davlat boshqaruvining raqamli transformatsiyasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Taʼkidlanishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda elektron davlat xizmatlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Bu davlat organlari faoliyatining shaffofligini oshirish, maʼmuriy tartib-taomillarni qisqartirish hamda fuqarolar va biznes uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini bermoqda.

Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining vazifalari haqida gapirar ekan, u mazkur hujjat xususiy sektorni rivojlantirish, keng ko‘lamli infratuzilmaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirishga asoslangan zamonaviy, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishni nazarda tutishini taʼkidladi.

Shuningdek, intervyuda Taraqqiyot strategiyasi markazining davlat islohotlari ijrosini monitoring qilishdagi o‘rni haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. Eldor Tulyakovning fikricha, markaz faoliyati davlat organlari, ekspertlar hamjamiyati, biznes, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro hamkorlar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish, amalga oshirilayotgan islohotlarni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy tavsiyalar tayyorlashga qaratilgan.

“Ambasador” jurnalida yoritilgan suhbatda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va faol tashqi siyosat yuksak natijalar berayotgani taʼkidlangan. Nashrga ko‘ra, bu jarayon mamlakatning Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini yana-da mustahkamlamoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish