O‘zbekiston Senati raisining Serbiya Prezidenti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Iyun 05, 2026. 00:55 • 55 soniya

61
O‘zbekiston Senati raisining Serbiya Prezidenti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

BЕLGRAD, 4-iyun. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston parlament delegatsiyasining Belgradga rasmiy tashrifi doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayevaning Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda Serbiya Prezidenti O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy va ezgu tilaklarini yo‘llab, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch va do‘stlik ruhida izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Suhbat chog‘ida oliy darajada siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, to‘qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, turizm, transport-logistika, sanoat kooperatsiyasi va energetika kabi yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlik salohiyati yuqori ekani qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish