Belgradda O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Iyun 03, 2026. 17:55 • 2 daq
• 90
BЕLGRAD, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. Parlamentlararo ittifoq parlamentlarining ayol a’zolari global konferensiyasi doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Serbiya poytaxtida Vengriya Milliy Assambleyasi cpikeri Agnesh Forstxoffer bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlamentning yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
Parlamentlar o‘rtasida muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha guruhlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, yosh parlament a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, hududlararo sheriklikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Senat raisi Vengriya parlamenti vakillarini joriy yilning 4–6-sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 12-Global yosh parlament a’zolari konferensiyasida ishtirok etishga taklif etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Parlamentlar ayol a’zolarining global konferensiyasida O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Belgradda Parlamentlararo ittifoqning Ayollar-parlamentariylar global konferensiyasida ishtirok etadi

O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo hamkorlik guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Parlamentlararo Assambleyasining 60-yalpi majlisida ishtirok etdi
