O‘zbekiston elchixonasi vakillari Nagasakidagi xotira va tinchlik marosimida ishtirok etdi
Avgust 10, 2026. 12:30 • 2 daq
• 70NAGASAKI, 10-avgust. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston diplomatlari Nagasakida fojianing 81 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan atom bombasi qurbonlarini xotirlash va tinchlik marosimida qatnashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda Yaponiya hukumati va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillari, atom bombardimonidan omon qolgan fuqarolar hamda halok bo‘lganlarning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 11:02 da atom bombardimoni qurbonlari xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlandi.
So‘ngra Bosh vazir Sanae Takaiti nutqi davomida Yaponiyaning yadro qurolidan xoli dunyoga erishish borasidagi xalqaro saʼy-harakatlarini davom ettirishini taʼkidladi.
Nagasaki shahri meri Siro Sudzuki yadroviy tiyib turish siyosati bilan bog‘liq xavf-xatarlarga eʼtibor qaratib, xalqaro muloqot va hamkorlikni mustahkamlashga chaqirdi.
Marosimda yadroviy qurolsizlanish va uni tarqatmaslikni taʼminlash, xalqaro mojarolarni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal etish, atom bombardimoni saboqlarini kelajak avlodlarga yetkazish, tinchlik va inson qadr-qimmatini saqlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

