Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 baravarga oshdi
Avgust 10, 2026. 10:30 • 2 daq
• 4
TOSHKENT, 10-avgust. /“Dunyo” AA/. Yilning dastlabki 6 oyi davomida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida 21 ming 42 nafar xorij fuqarosi tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning mos davri bilan solishtirganda mamlakatga o‘qish maqsadida kelgan xorij fuqarolari soni 11,5 ming kishiga yoki 2,2 baravarga oshgan.
O‘zbekistonga taʼlim olish maqsadida kelgan xorijliklarning eng ko‘p ulushi Turkmaniston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keldi — 9207 kishi.
Keyingi o‘rinlardan Hindiston — 3723, Tojikiston — 1915, Xitoy — 951, Qirg‘iziston — 834, Pokiston — 689, Misr — 603, Janubiy Koreya — 526, Filippin — 367 va AQSh — 302 nafar fuqaro bilan joy olgan.
Boshqa mamlakatlardan O‘zbekistonga o‘qish maqsadida 1925 nafar xorij fuqarosi kelgan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, xorijlik talabalar sonining sezilarli darajada oshishi O‘zbekistonning taʼlim imkoniyatlariga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi